15:00 (17.10.2024)

520

Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qanday hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 632-sonli qarori qabul qilingan boʻlib, mazkur masalalar tartibga solingan. 

Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar qatoriga notibbiy maqsadda foydalanish yoki dozalarning oshirilishi natijasida inson salomatligi va ruhiyatiga faol taʼsir koʻrsatuvchi, kuchli taʼsir kiluvchi moddalar roʻyxatida* belgilangan moddalar va ulardan tayyorlangan dori vositalari kiradi. 

Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi:

  • mamlakatda boʻlish davrida, ikki haftalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa, xususan, tibbiyot muassasasining shifokori tomonidan moddalar turi, buyurilgan qabul qilish va davomiylik muddati koʻrsatilgan hujjati (shifokor xulosasi) yoki retsept nusxasi mavjud boʻlsa;
  • respublika hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy koʻrsatma asosida davolash kursi doirasida davolash uchun moʻljallangan boʻlsa;
  • diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan, ular bilan birga yashab turgan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa;
  • respublika hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yoʻlovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan boʻlsa;
  • xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun moʻljallangan boʻlsa.

Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni pochta va kuryerlik junatmalarida, shu jumladan xalqaro pochta junatmalaridan junatish taʼqiqlanadi. 

Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ikki haftalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda olib chiqishga tibbiyot muassasasining davolash-maslahat komissiyasining muhri bilan tasdiqlangan xulosasi boʻlganda ruxsat etiladi. Olib kirishga esa yashash yoki boʻlish mamlatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlganda ruxsat beriladi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech