17:27 (14.08.2023)
2013
Shu jumladan, Daun sindromi boʼlgan 113 nafar kichik bemorlar ham tekshiruvdan oʼtkazildi.
Poytaxtimizdagi koʼp tarmoqli “Humo Arena” majmuasida bolalarning koʼz salomatligini asrashga bagʼishlangan xayriya tadbiri boʼlib oʼtdi.
Toshkent xalqaro tibbiyot markazi TIMC koʼmagida turli yosh guruhlari, jumladan, Daun sindromli bolalarda keratokonus borligini aniqlash uchun skrining tekshiruvi oʼtkazildi. Bunday tekshiruvdan koʼzlangan maqsad jiddiy buzilishlar yoki ularni davolamasa koʼrish qobiliyatining doimiy yoʼqolishiga olib keladigan oʼzgarishlarni aniqlashdan iborat.
Keratokonus - shox pardaning yupqalashishi va biomexanik mustahkamligini pasayishiga olib keladigan kasallik boʼlib, shoh parda konus shaklini oladi. Shox parda shaklining oʼzgarishining bir qator alomatlari mavjud: koʼrish oʼtkirligining oʼzgarishi, koʼzoynaklar va kontakt linzalari bilan toʼliq tuzatib boʼlmaydigan koʼrish oʼtkirligining pasayishi va yorugʼlik manbalari atrofidagi oreolalar.
Keratokonus butun dunyo boʼylab bolalar va oʼsmirlarda oldini olish mumkin boʼlgan koʼrlikning asosiy sababidir. Ilmiy adabiyotlarga koʼra, keratokonus bilan kasallanish umumiy aholi orasida 1:1500 bemorni tashkil etadi. Daun sindromli insonlar umumiy aholiga qaraganda 300 martagacha koʼproq bu kasallikdan aziyat chekadi. Oʼzbekistonda har yili 370 ga yaqin bolalar ushbu sindrom bilan tugʼiladi. Bu koʼrsatkich har 100 000 mingta yangi tugʼilgan chaqaloqqa 46 ta shunday bola toʼgʼri kelishini koʼrsatadi.
Tadbir avvalida shveytsariyalik xirurg-oftalmolog, keratokonusni aniqlash va davolash sohasida xalqaro eksport, professor Farxod Hafeziy yigʼilganlarni qutladi va “Daun sindromli bolalarda koʼzlar salomatligi” mavzusida maʼruza qildi.
“Hanuzgacha keratokonus haqidagi bilimlar darajasi Markaziy Osiyo oftalmologiya jamoatchiligi orasida nihoyatda cheklangan. Shikoyatlarning yoʼqligi sababli kasallik oʼtkazib yuboriladi, shu tufayli bemorlarda kamdan-kam hollarda tashxis qoʼyiladi va shuning uchun davolanmaydi. Daun sindromli insonlarda irsiy moyillik hisobiga keratokonus sezilarli darajada yuqori xavf tugʼdiradi”, - deydi professor Farxod Hafeziy
“TIMC bolalar va oʼsmirlarda global koʼrlikni asosiy sababi boʼlgan – keratokonus boʼyicha mutaxassislarni oʼz ichiga olgan oftalmologiya sohasidagi ilgʼor tajriba markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mazkur tadbir TIMC ning ijtimoiy sodiqligi va bemorlarni davolashda ilgʼor tajribani boʼlishishga qatʼiyatini namoyish qiladi”, – deb taʼkidlaydi “TIMC ” Bosh direktori Raʼno Odilova.
Tadbir davomida “Humo Arena”da bolalar uchun animatorlar bilan mashgʼulotlar, tanlovlar, oʼyinlar va mahorat darslari tashkil etildi. Ular ota-onalari bilan birgalikda sport majmuasi bilan tanishib, figurali uchish boʼyicha terma jamoa mashgʼulotlarini tomosha qilishdi. Tekshiruvlar yakunida barcha ishtirokchilarga sovgʼalar topshirildi.