09:48 (09.09.2024)

576

Olimlar telefonlardan foydalanish miya saratoniga olib kelmasligini isbotladi

Avstraliyaning Radiatsiyadan himoya qilish va Yadro xavfsizligi boshqarmasi mobil telefonlardan foydalanish miya saratoniga olib kelmasligini isbotladi. Bu haqda Reuters хабар bermoqda.

Tegishli tadqiqot Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti topshirig‘i asosida o‘tkazilgan. Mutaxassislar 1994-yildan 2022-yilgacha dunyoning o‘nta davlatidan to‘plangan, mobil telefondan foydalanish va miya saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi.

Agentlikning qayd etishicha, mobil aloqa paydo bo‘lgan paytda ko‘plab mutaxassislar uyali telefonlarni boshga yaqin joyda tez-tez ishlatish miya saratoniga olib kelishi mumkinligidan qo‘rqishgan. Shu sababli, mobil telefon ishlab chiqaruvchilari har bir telefon modelining aniq radio emissiya darajasini o‘lchab, e’lon qilishdi.

Biroq avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda mobil telefondan foydalanish va miya saratoni o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, miya saratoni bilan kasallanishning umumiy darajasi tadqiqot va ma’lumotlar yig‘ish davomida barqaror bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan hech qanday tebranishlarni ko‘rsatmadi, chunki iste’molchilar mobil telefonlardan tobora ko‘proq foydalanmoqda.

Shunday qilib, 1993-yildan 2022-yilgacha qayd etilgan miya shishi holatlarining ko‘payishi diagnostika usullarining rivojlanishi, shuningdek, MRT- tadqiqotlarining keng tarqalishi bilan bog‘liq. Shuningdek, 2003-yildan beri suhbat paytida mobil telefon eng yaqin bo‘lgan temporal loblar sohasida kasalliklar sonining ko‘payishi kuzatilmagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech