09:00 (17.09.2024)

435

Koronavirus va karantin o‘smir qizlarning miyasini 4 yoshga qaritdi — tadqiqot

Vashington universiteti olimlari PNAS jurnalida e’lon qilgan maqolada yozilishicha, koronavirus pandemiyasi va karantin oqibatida o‘smir qizlarning miyasi 4 yoshga qarigan.

O‘smirlarning miya tuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan narsa — karantin sharoitidagi qattiq tartib va u bilan bog‘liq ijtimoiy himoyalanish, ya’ni ta’bir joiz bo‘lsa «uy qamog‘i». Tadqiqotda 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar o‘smir qatnashdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, pandemiya ta’sirida inson miyasi yarim sharlari po‘stlog‘ida yupqalashish qayd etilgan, bu holat ayniqsa qizlarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Nega aynan qizlarda? Chunki ular o‘z quvonch va tashvishlarini o‘rtoqlashish uchun tez-tez dugonalari bilan ko‘rishib turishlari kerak. Karantin esa bunga chek qo‘ygan.

Olimlarning fikricha, pandemiya cheklovlari sababli shartli ravishda o‘g‘il bolalarning miyasi 1,4 yoshga, qizlarning miyasi 4,2 yoshga ulg‘aygan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech