16:23 (10.07.2023)

2533

Turli xil ichimliklar odam sog`ligiga qanday ta`sir qiladi

 BMJ jurnalida 18,5 yil davom etgan tadqiqot natijalari haqida maqola chop etildi. 

Tadqiqot natijasida shakarli ichimliklarni (shu jumladan yangi siqilgan sharbatlarni) muntazam iste'mol qilish barcha sabablardan hayotdan ko`z yumish va yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan alohida o'lim xavfining sezilarli darajada oshishi bilan aniq bog'liqligi ko'rsatildi. Shu bilan birga, suv, qahva, choy va yog'siz sutni muntazam iste'mol qilish o'lim xavfini kamaytirishi ham isbotlangan.Yog'li sut o'lim va yurak qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini oshirdi, ammo shakarli ichimliklarga qaraganda kamroq.

Shakar o`rnini bosuvchi moddalar (fruktoza, steviya, sorbit va shu kabilar) bilan ichimliklarni meyorida iste'mol qilish o'lim darajasining pasayishiga olib kelishi ham tadqiqot jarayonida isbotlangan. Lekin ularni ham ko`p iste`mol qilish sog`liq uchun zararligi ham takidlab o`tilgan.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech