09:45 (23.09.2024)
780
AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) AstraZeneca kompaniyasining burunda qo‘llaniladigan grippga qarshi vaksinasini tasdiqladi.
Bu mustaqil foydalanish uchun mo‘ljallangan birinchi vaksina. FDA ma’lumotlariga ko‘ra, FluMist -tibbiyot muassasasiga borishni talab qilmaydigan grippga qarshi birinchi vaksina sanaladi.
AstraZeneca vaksinani onlayn dorixonalar orqali sotishni rejalashtirmoqda. FluMist-ga buyurtma berishdan avval qabul qiluvchilar undan foydalanish mumkinligini tasdiqlash uchun tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Vaksina birinchi marta 2003-yilda tasdiqlangan, ammo uni faqat tibbiyot xodimlari qo‘llashlari mumkin edi. Vaksina gripp virusining zaiflashgan jonli shtammlarini o‘z ichiga oladi.