08:50 (27.09.2024)
517
Garri Perkins instituti va G‘arbiy Avstraliya universiteti olimlari asal ari zahari tarkibidagi melittin peptid saraton hujayralarini yo‘q qilishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari NPJ Nature Precision Oncology jurnalida chop etildi.
Olimlar Pert (G‘arbiy Avstraliya), Irlandiya va Angliyadan keltirilgan 312 asal asalari va arilarning zaharini o‘rganish chog‘ida melittinning noyob antikanserogen xususiyatlarini aniqladi. Ushbu peptid ko‘krak saratoni bilan kasallangan sichqonlarga yuborilgandan so‘ng tadqiqotchilar uning juda kuchli ekanligini aniqladi — melittin saraton hujayralari membranalarini atigi 60 daqiqada yo‘q qilishga qodir.
Tadqiqotchilar, shuningdek, melittin kichik molekulalar yoki dosetaksel kabi kimyoterapiya preparatlari bilan birgalikda ko‘krak saratonining xavfli shakllarini davolashda samarali bo‘lishi mumkinligini aqayd etmoqda. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, melittin va dosetaksel kombinatsiyasi o‘simta o‘sishini sezilarli darajada sekinlashtirgan.