11:47 (10.09.2024)
446
Amerika bozorida insulin qabul qilmaydigan katta yoshli bemorlarda glyukoza darajasini uzluksiz nazorat qilishga mo‘ljallangan Abbott kompaniyasining retseptsiz beriladigan Lingo tizimi paydo bo‘ldi.
Glyukoza darajasini uzluksiz monitoring qilish tizimi Bluetooth orqali smartfonga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan tanga o‘lchamidagi teri plastirlari ko‘rinishida. Bunday texnologiya glyukoza darajasini o‘lchash uchun barmoqni teshishga hojat qoldirmaydi.
Glyukoza darajasini uzluksiz o‘lchash tizimi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar orasida katta talabga ega. Bunday qurilmalarning sotuv hajmi milliard dollarga yetmoqda va ishlab chiqaruvchilar o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan iste’molchilarga e’tibor qaratgan holda bozorni kengaytirishga intilmoqda.
"Salomatlik holatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni kuzatish imkoniyati katta qiziqish uyg‘otadi," - dedi Lingo ishlab chiqaruvchi bo‘limi rahbari Olive Ropars.