15:07 (08.08.2023)
1957
Odatda yuqumli kasalliklarda (ORVI, gripp va boshqalar) nafas olish organlari yallig'langanligi uchun yo'tal paydo bo`ladi. Kasalliklarining dastlabki kunlarida balg'am ajralishi qiyin bo'lgan quruq yo'tal kuzatiladi, va u asta-sekin nam shaklga aylanadi.
An'anaviy ravishda dorilarni "yo'talga qarshi" va "yo'tal uchun" vositalariga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga yo'talga qarshi dorilar kiradi. Ular markaziy yoki periferik asab tizimining ayrim qismlarini blokirovka qilish orqali yo'tal refleksini bostiradi.
Bunday dorilar yo'tal bemorning holatini yomonlashtirsa buyuriladi. Ular kasallikning boshlanishida muntazam qabul qilinmasligi kerak, chunki balg'amning kochishini toxtatib, kasallikning kechishini murakkablashtirishi mumkin.
Ikkinchi guruhiga, yani "yotal uchun" bolgan dorilarga quyidagilar kiradi:
▫️ Mukolitiklar - quyuq balg'amni yumshatadi va uni o'pka va bronxlardan chiqib ketishi uchun tayyorlaydi;
▫️ Balgam kochiruvchi, yani suyuqlashgan balg'amni chiqishiga yordam beradi.
Yo'tal uchun va yo'talga qarshi preparatlarni birga qabul qilish mumkin emas. Chunki hayot uchun xavfli bo`lgan bronxospazm vujudga kelishi mumkin.