17:02 (07.08.2023)

1742

JSST sogʼlom ovqatlanish boʼyicha tavsiyalarni o`zgartirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti prognoziga koʼra, 2030 yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat chekishi mumkin. Olimlar bu global muammoga sogʼlom turmush tarzi orqali samarali yechim topish mumkin, degan xulosada.

Shundan kelib chiqib, JSST sogʼlom ovqatlanish boʼyicha tavsiyalarga o`zgartirishlar kiritilganini eʼlon qildi.

Unga koʼra, kundalik yogʼ isteʼmoli kattalar ratsionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oshmasligi kerak.

Jumladan:

10 foizgacha — toʼyingan yogʼli kislotalar (yogʼli goʼsht, sut mahsulotlari, qatiq, sariyogʼ va boshqa turdagi yogʼlar);

1 foizgacha — sanoat yoʼli bilan ishlab chiqarilgan transyogʼlar va hayvon yogʼlari.

Qolaversa, JSST tavsiyalaridan shakar isteʼmolini cheklashga doir koʼrsatmalar ham joy olgan. Uning oʼrniga sifatli uglevodlarni isteʼmol qilish foydali ekanligi qayd etilgan.

Har bir inson oʼz organizmi uchun zarur uglevodlarni, birinchi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olishi kerak.

Xususan, kattalar kuniga kamida 400 gramm meva-sabzavot tanovul qilishi maqsadga muvofiq.

Bolalar va oʼsmirlarning kunlik meva-sabzavotlar isteʼmoli esa quyidagi miqdorda boʼlishi tavsiya etiladi:

✅ 2-5 yosh — kamida 250 gramm;
✅ 6-9 yosh — kamida 350 gramm;
✅ 10 yosh va undan kattalar — kamida 400 gramm.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech