12:50 (12.12.2022)

2269

Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga ustama beriladi

Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln. soʼmgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln soʼmgacha ustama beriladi

Bu haqda АOKАda oʼtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, xalqaro reytinglarga kirgan xorijiy OTMlarni tamomlagan yosh mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida ustama toʼlanadi

➖Reytingda 1-100-oʼrin: bakalavr — BHMning 30 barobari (9 mln. soʼm), magistratura — 40 barobari, (12 mln. soʼm), ilmiy daraja uchun — 75 barobari (22,5 mln. soʼm).

➖Reytingda 101-300-oʼrin: bakalavr — 20 barobari (6 mln. soʼm), magistratura 30 barobari (9 mln. soʼm), ilmiy daraja uchun — 60 barobari miqdorda (18 mln.soʼm).

➖Reytingda 301-500-oʼrin: bakalavr — 15 barobari (4,5 mln. soʼm), magistratura — 20 barobari (6 mln. soʼm) va ilmiy daraja uchun — 50 barobari miqdorida (15 mln. soʼm) ustama beriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech