17:02 (06.07.2023)
2983
Yaponiyalik olimlar tomonidan innovatsion dori ishlab chiqildi. U insonlarga uchinchi tish to'plamini o'stirishga imkon beradi. Bir yildan keyin klinik sinovlarni boshlash rejalashtirilmoqda.
Yaponiyalik olimlar odamlarga yangi tish o‘stirish imkonini beruvchi yangi dori yaratishda muvaffaqiyatga erishdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odam uchinchi tish to'plami uchun zarur bo'lgan hamma narsaga ega, ammo bu jarayon ma'lum bir oqsil tomonidan bloklanadi.
Nashrning ta'kidlashicha, preparat sichqonlar ustida o‘tkazilgan avvalgi tajribalarda samarali bo‘lib, "uchinchi avlod" tishlarining o‘sishiga yordam bergan. “Yangi tishlarni o'stirish g'oyasi har bir tish shifokorining orzusidir. Men aspiranturada o‘qiyotganimda bu borada ishlaganman. Men buni uddalay olishimga ishonchim komil edi”, dedi Osakadagi Kitano tibbiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Katsu Takaxashi.
Takaxashining tadqiqot guruhi tish o'sishini cheklaydigan USAG-1 oqsiliga e'tibor qaratdi. Ushbu oqsilning funktsiyasini blokirovka qila oladigan neytrallashtiruvchi antitelo ishlab chiqilgan. Dori sichqonlarga berildi va ularda yangi tishlar chiqishni boshladi.
Preparatni inson foydalanishi uchun tayyorlash ishlari allaqachon olib borilmoqda. Avvalo, dori tug'ma omillar tufayli kattalar tishlarining to'liq to'plamini yo'qotgan bemorlarga mo'ljallangan. Bu "adentiya" deb ataladi.Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, kelajakda preparat kengroq qo'llanilishi mumkin.Preparatning klinik sinovlari 2024 yilning iyuliga rejalashtirilgan. Ular dorini 2030 yilgacha umumiy foydalanish uchun chiqarishni rejalashtirishmoqda.