15:00 (05.09.2024)

867

Insulin organizmda nima uchun javobgar

Odatda, insulin haqida faqat diabet to‘g‘risida gap ketganda eshitamiz. Ammo bu gormon yana nimalar uchun javobgar?

Insulin qondagi qand miqdorini boshqaradi va metabolizm uchun javobgardir. Uning asosiy vazifasi- oziq-ovqatdan energiyani tana hujayralariga etkazib beradi.

U glyukoza bilan birgalikda ishlaydi: glyukoza uchun hujayraga yo‘l ochadi va ortiqcha shakarni saqlab qolish uchun mushaklar, jigar va yog‘ to‘qimalariga yo‘naltiradi.

Ammo bu insulinning yagona roli emas. Shuningdek, u:

• jarohatlarning bitishiga yordam beradi;

• aminokislotalarni yetkazib beradi;

• yog‘ sintezini tartibga soladi;

• natriyning organizmdan chiqishini nazorat qiladi.

Insulin oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladi. Uning ichida maxsus "langergans orollari" deb ataluvchi hujayralar bor. Ular sog‘lom odamlarda qondagi qand miqdorini kuzatib boradi va kerakli miqdorda gormon ajratadi. Agar insulin kam bo‘lsa, qand qonda qoladi va organizm hujayralari yetarlicha oziqlanmaydi. Agar insulin juda ko‘p bo‘lsa, u holda qand tezda hujayralarga tushadi va odamda yana ovqatlanish istagi paydo bo‘ladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech