12:05 (17.08.2023)
1872
65 nafar bolaning oʼlimiga sabab boʼlgan “Dok-1 Maks” siropini tarqatuvchilar majburiy testlardan oʼtkazmaslik uchun mahalliy amaldorlarga 33 ming dollar pora bergan.
Davlat ayblovchisi Saidkarim Oqilovning soʼzlariga koʼra, Quramax kompaniyasi bosh direktori Singx Rahvendra Pratar dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish markazi tekshiruvidan oʼtkazib yuborish uchun mansabdorlarga pora bergan.
16 avgust kuni boʼlib oʼtgan sudda 21 sudlanuvchining 20 nafari Oʼzbekiston, bir nafari esa hindistonlik boʼlgan.
Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi ishlab chiqaradigan dori-darmonlarni Oʼzbekistonda sotadigan Quramax Medical kompaniyasining rahbarlaridan ikki nafari Oʼzbekiston, bir nafari Hindiston fuqarosi hisoblanadi.
Sudda soʼzga chiqqan Pratar ayblovlarni rad etdi. Аmmo 33 ming dollarni "minnatdorchilik belgisi" sifatida amaldorlarga yetkazish uchun vositachiga berganini tan olgan.