14:50 (02.08.2023)
2202
Prezidentimizning “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʼlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida qayd etilganidek, 2024 yildan boshlab:
Аudioskrining natijasi boʼyicha aniqlangan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoʼshimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlash yoʼlga qoʼyiladi.
Bundan tashqari, Аndijon davlat tibbiyot instituti klinikasining vaqtincha qisqartiriladigan oʼrin-joylari va shtat birliklari hisobidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari qabul-diagnostika boʼlimida tunu kun xizmat koʼrsatadigan qoʼshimcha otorinolaringolog va yuz-jagʼ jarrohi shtat birliklari kiritiladi.
Shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirligi tegishli vazirliklar bilan birgalikda otorinolaringologiya boʼyicha ambulator va statsionar sharoitda yordam koʼrsatuvchi davlat tibbiyot muassasalari uchun shtat normativlarini qayta koʼrib chiqish hamda kelgusida ehtiyojdan kelib chiqib ularga oʼzgartirishlar kiritib borishi belgilangan.