17:25 (10.08.2023)
1876
Ertaga soat 10:00 da Toshkent shahar sudida Dok-1 Maks” boʻyicha 21 nafar shaxsga ochilgan jinoyat ishi koʻrib chiqiladi.
Jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayonlari ertaga, 11-avgust kuni soat 10:00 da Toshkent shahar sudida boshlanadi.
Ish doirasida:
Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol boʻlib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan.