17:00 (12.10.2023)
1211
Oʻzbekistonda grippga qarshi emlash boshlanmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi xabar berdi.
Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurmat Atabekovning qayd etishicha, grippga qarshi emlash tadbirlari kasallik mavsumi koʻtarilishidan, noyabr-dekabr oylaridan bir oy oldin boshlanadi.
Vaksinalar xavf osti guruhi, yaʼni jamoatchilik bilan ishlaydigan aholi qatlami: oʻqituvchilar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, mehribonlik va saxovat uylari xodimlari va u yerlarda istiqomat qiluvchi shaxslarga qilinadi.
Oddiy aholi xususiy emlash punktlariga borib emlanishi mumkin.
Vaksinalar Rossiya, Fransiya, Germaniya davlatlarida ishlab chiqarilgan va tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazilgan.
Vaksinani olish ixtiyoriy.
Qoʻshimcha qilinishicha, vaksina olganda ogʻriq, tana haroratini koʻtarilishi, holsizlik kuzatilishi mumkin. Bundan zinhor choʻchish kerak emas, begona oqsil organizmga kirganda organizm unga munosabat bildirishi bu tabiiy hol.