Yangiliklar

not found

Oʼzbek olimlari saratonning yana bir turini samarali davolovchi yangi preparat ishlab chiqdi

Oʼzbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Ilhom Sodiqov OʼzА muxbiri bilan suhbatda institut olimlari tomonidan 2022 yilning iyun oyida roʼyxatdan oʼtkazilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan yangi radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasi haqida gapirib berdi. - Bu preparat saraton kasalligini davolashda nihoyatda samarador boʼlgan yangi dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasining bitta dozasi hozirgi kunda АQShda 70 ming dollar, Yevropa mamlakatlarida 25 ming dollar atrofida sotilyapti. Bizning institutimiz ushbu dorini respublikamizdagi 3 ta onkologik klinikalarga 1,5 ming АQSh dollari narx bilan yetkazib berishni yoʼlga qoʼydi. Bu dori 2018 yildan boshlab bir nechta chet davlatlarda, har biri oʼzlari yaratgan texnologiya boʼyicha ishlab chiqarilib, tibbiyotda qoʼllanilib kelinmoqda. Biz oʼzimizda yaratilgan yangi texnologiya boʼyicha mazkur dorini ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼydik. Hozirgi kunda biz ishlab chiqarayotgan “litetsiy-177” nomli izotopimiz dunyodagi boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotidan 10 barobar toza hamda yuqori sifatli radioizotop hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda dunyoda bor dori vositasini takomillashtirib, oʼzimiz yaratgan texnologiya boʼyicha unga nisbatan sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼydik. Bizning mahsulot Аmerika Qoʼshma Shtatlari, Germaniya, Rossiyadagi mahsulotlarga nisbatan 10 barobar toza boʼlishi bilan birga, 15-50 martagacha arzon. Suratda - butun tanasi rak metastazalari bilan qoplangan 4 ta bemor (chap tomonda) va lyutetsiy-177 PSMА-617 preparati bilan 2-3 oy mobaynida davolangandan soʼng (oʼng tomonda). Tarkibi “lyutetsiy-177” radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali “antigen-617” degan oqsil moddasidan iborat. Ushbu oqsil moddasi “lyutetsiy-177” radioizotopini organizmning saraton metastazalari boʼlgan joylariga yetkazib beruvchi transport vositasi vazifasini bajaradi. “Lyutetsiy-177” radioaktiv izotopi saraton oʼsmalari ichiga kirib, oʼzining radioaktiv nurlari bilan oʼsmalarni kuydiradi. Bu nurlarning oʼtish masofasi 1-2 millimetrni tashkil qilgani sababli ular oʼsmani ichidan yemirib, atrofidagi sogʼlom toʼqimalarga zararli taʼsir koʼrsatmaydi. Bu bilan oʼsmalarni operatsiyasiz davolash imkoni tugʼiladi. Hozirgi kunda bu dori 4-bosqichdagi rak kasalligining 97-99 foizgacha tuzalishini taʼminlayapti. Jahondagi tibbiyotchilar revolyutsion dorilar qatoriga kiruvchi bu preparatga “fantastik natija”, deb baho berishyapti. Bu dori vositasi institutning shoʼʼba korxonasi boʼlgan “Radiopreparat” davlat korxonasi va Radiokimyo ilmiy laboratoriyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi. Maʼlum boʼlishicha, lyutetsiyts-177 PSMA-617 dori vositasi asosan katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini davolashda samarali hisoblanadi. «Bu dori vositasi radioaktiv modda boʼlib, u dorixonalarda sotilmaydi. Bu faqat shifoxona va klinikalarga yetkazib beriladi», deyiladi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabarida. Davolash faqatgina kasalxona sharoitida, maxsus gamma kameralar bilan kuzatuv ostida olib boriladi.

  • 25 Mart, 13:08
  • Batafsil
not found

Tadqiqot: Remdesivir moʼʼjizaviy dori emas, yurakka taʼsir qiladi

Remdesivir pastki nafas yoʼllari infektsiyalari bilan kasalxonaga yotqizilgan Covid-19 bemorlarida tiklanish vaqtini qisqartirgan boʼlsa-da, uning yurakka yon taʼsiri gipotenziya (past qon bosimi), yurakning tez urishi, tartibsiz yurak urishi va hatto yurak xurujini oʼz ichiga oladi, deyiladi tadqiqotda. Tadqiqotchilarning soʼzlariga koʼra, eng keng tarqalgan yon taʼsiri yurak urish tezligining pastligi (daqiqada 60 martadan kam) boʼlgan. Haydarobod: tadqiqotchilar ishtirokidagi xalqaro tadqiqotga koʼra, Covid-19 pandemiyasi avjiga chiqqan paytda moʼʼjizaviy dori hisoblangan remdesivir yurak urishini sekinlashtirishi (bradikardiya) va hujayraning quvvat manbai boʼlgan mitoxondriya funktsiyasiga taʼsir qilishi aniqlangan. Pandemiya davrida tibbiy adabiyotlarni oʼrganuvchi koʼp markazli tadqiqot shuni koʼrsatadiki, Covid-19 paytida remdesivir inʼektsiyasini olgan odamlarda yurak urish tezligi pasaygan yoki bradikardiya boʼlgan. Xalqaro guruh tarkibiga Haydaroboddagi Usmoniya tibbiyot kolleji (OMS) tadqiqotchilari kirdi. Tadqiqot 2023 yil mart oyida xalqaro ekspertlar tomonidan koʼrib chiqilgan Southern Medical Journal nashrida chop etilgan. Remdesivir pastki nafas yoʼllari infektsiyalari bilan kasalxonaga yotqizilgan Covid-19 bemorlarida tiklanish vaqtini qisqartirgan boʼlsa-da, uning yurakka yon taʼsiri gipotenziya (past qon bosimi), yurakning tez urishi, tartibsiz yurak urishi va hatto yurak xurujini oʼz ichiga oladi, deyiladi tadqiqotda. Tadqiqotchilarning soʼzlariga koʼra, eng keng tarqalgan yon taʼsiri yurak urish tezligining pastligi (daqiqada 60 martadan kam) boʼlgan.    

  • 25 Mart, 09:46
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech