Yangiliklar

not found

Oʼzbekistonda 2022 yilda oʼrtacha oylik ish haqining past darajasi taʼlim va sogʼliqni saqlashda boʼldi

Oʼrtacha oylik ish haqining eng yuqorisini bank, lizing kredit va vositachilik faoliyatida ishlovchilar oldi. Davlat statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida oʼrtacha oylik ish haqi 2021 yilga nisbatan 21,1 foizga oshib 3 mln 892 ming soʼmni tashkil etdi.Qayd etilishicha, hududlar kesimida 2022 yilda oʼrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʼrsatkichlari Toshkent shahrida (6,3 mln soʼm), Navoiy viloyatida (5,1 mln soʼm), Toshkent viloyatida (3,9 mln soʼm), Аndijon viloyatida (3,38 mln soʼm) hamda Buxoro viloyatida (3,32 mln soʼm) kuzatilgan. Eng past koʼrsatkich Fargʼona (2,9 mln soʼm) viloyatida qayd etildi. Iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha oʼrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʼrsatgichi bank, sugʼurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida — 10,8 mln soʼmni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va kommunikatsiyalar sohasida 7,956 mln soʼm, tashish va saqlash 5 mln soʼm, sanoatda 4,9 mln soʼmga etdi. Taʼlim va sogʼliqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish sohasida oʼrtacha oylik ish haqining past darajasi mos ravishda 2,69 mln soʼm va 2,61 mln soʼmni tashkil etadi. Maʼlumot uchun, oʼrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qoʼshimcha toʼlovlar, mukofot pullari, ragʼbatlantiruvchi toʼlovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun toʼlovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi kiradi.

  • 30 Yanvar, 09:40
  • Batafsil
not found

Qalbaki dorilardan oʼzingizni ehtiyot qiling

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qalbaki dorilar asosan internetda va dorixonalarda uchraydi. Shuningdek, kasal boʼlgan insonga  reklama qilingan “moʼjiza” tabletkalari muvaffaqiyatli sotiladi. Shuning uchun dori vositalarini yirik dorixonalardan sotib olish tavsiya etiladi. Dori xarid qilishda qadogʼiga eʼtibor bering, u ishlab chiqaruvchi haqida koʼp narsalarni aytib berishi mumkin. Masalan: - Qadoqning rangsizligi, - xira yozuvlar va chizmalar, - toʼliqsiz matn, - osongina ishqalanadigan boʼyoq, - egri va notekis qadoqlash, - qoʼllanmaganlardagi xatolar, - nusxa olingan qoʼllanma, - qadoqlash oʼlchamlarining aslidan farq qilishi kabi  belgilar  qoʼlingizdagi dori qalbaki ekanligiga isbot hisoblanadi. Shuningdek, chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, seriyalar paketda, blisterda, shishada va sertifikatda bir xil boʼlishi kerak. Har qanday dori uchun, hatto eng koʼp sinovdan oʼtgani boʼlsa ham, dorixona xodimidan sertifikat soʼrab, dorining seriyasini va ishlab chiqarilgan sanasini tekshiring. Dori mahsulotining qadogʼida: - preparatning nomi va faol moddaning nomi, agar preparat tarkibida faqat bitta komponent boʼlsa.  - ishlab chiqarilgan sana, partiya raqami va preparatning yaroqlilik muddati. - dorivor mahsulot ishlab chiqarilgan korxonaning nomi.  - preparatni saqlash va berish shartlari. Masalan, uni retsept boʼyicha yoki retseptsiz berilishi mumkinligi haqida maʼlumot.  - preparatning dozalari soni.  - ehtiyot choralari. - dori vositasi ishlab chiqarilgan mamlakatning nomi. - dori ishlab chiqarilgan kompaniyaning logotipi.  - preparatning ingliz yoki lotin tilidagi nomi.  - shtrix kod. - preparatning ishlab chiqaruvchining tovar belgisi ekanligini va boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin emasligini koʼrsatadigan oʼziga xoslik belgisi boʼlishi kerak.

  • 27 Yanvar, 10:53
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech