Yangiliklar

not found

Аstmani davolashning yangi usuli aniqlandi

Аstma keng tarqalgan kasallik boʼlishiga qaramay, uning inson organizmida qanday boshlanishi noaniqligicha qolmoqda. Olimlar endi ushbu xastalikning kelib chiqish sababini, eng muhimi, uning asosiy alomatlarini oldini olishga qaratilgan yangi davolash usulini aniqladilar. JSST maʼlumotlariga koʼra, bugun butun dunyo boʼylab astmadan 262 million nafarga yaqin inson aziyat chekadi. Аmmo uning keng tarqalishiga qaramay, hali ham olimlar uchun bu kasallik haqidagi koʼp jihatlar tushunarsiz boʼlib qolmoqda. Odatda unga yalligʼlanish xastaligi sifatida qaraladi: gulchang yoki chang kabi qoʼzgʼatuvchilar nafas yoʼllarini toraytiradigan va nafas olishni qiyinlashtiradigan yalligʼlanishni keltirib chiqaradi. Ingalyatorlar nafas yoʼllarini boʼshashtirish va yalligʼlanishni kamaytirish orqali bu holatni yengillashtirishi mumkin. Yangi tadqiqot esa kasallikning boshqa asosiy sababiga ishora qiladi. Yaʼni uning alomati yalligʼlanishning oʼzi ekaniga eʼtibor qaratiladi. Nafas yoʼllarining mushaklari qisqarganda (bu bronxospazm deb ataladi), nafas yoʼllaridagi epitelial hujayralar «siqib chiqariladi» va keyinchalik nobud boʼladi. Ushbu hujayralarning kamayishi va toʼsiq boʼlib xizmat qilishi uchun ularning kam qismigina qolishi sababli kelajakda astma xurujlari ehtimoli ortadi. «Jarayonlarni kuzatgan hujayra boʼyicha biologlar sifatida astma xurujining jismoniy cheklovi nafas yoʼllari toʼsigʼining keng miqyosdagi nobud boʼlishiga olib kelishini koʼrdik», — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, professor Jodi Rozenblatt. — Ushbu toʼsiqsiz astma bilan ogʼrigan bemorlarda uzoq muddatli yalligʼlanish koʼproq uchraydi. Bu esa koʼproq xurujlarni keltirib chiqaradi. Ushbu asosiy mexanizmni tushunib, barcha hodisalarning oldini yaxshiroq olishimiz mumkin». Jamoa sichqon modellarida olib borgan tadqiqotlari yaxshi natija berdi, eng muhimi, hujayralarni haddan tashqari siqib chiqarilishini oldini olishning potentsial usuli topildi. Аvval gadoliniylarning kimyoviy birikishi bu jarayonni bloklashi aniqlangan edi. Yangi tadqiqotda esa olimlar sichqonlarda astma xurujlari bilan bogʼliq hujayralar shikastlanishi va yalligʼlanishining oldini olish uchun ish berishini isbotladi. «Hozirgi davolash usullari bu buzilishning oldini olmaydi — ingolyatorlar nafas olish uchun juda muhim boʼlgan nafas yoʼllarini ochadi, ammo afsuski, biz ularning xurujdan keyingi zarar va alomatlarning oldini olmasligini aniqladik», — dedi Rosenblatt. Olimlar sichqon modellarida nafas yoʼllarining shikastlanishini, shuningdek keyingi yalligʼlanish va shilliq sekretsiyasini toʼxtatish uchun MRTda tez-tez qoʼllaniladigan arzon birikma — gadoliniydan foydalanish mumkinligini aniqladi. Ushbu zararlanishning profilaktikasi kelajakda xurujlarga olib keladigan mushaklarning oʼsishini oldini olishi mumkin. Аlbatta, tadqiqot faqat sichqonlarda amalga oshirildi, shuning uchun bu natijalar insonlarda takrorlanishiga kafolat yoʼq. Аmmo jamoaning taʼkidlashicha, yangi tadqiqot astmaning yangi davolash usullarini ishlab chiqishga (hozirgi usullar faqat uning simptomlarini davolashga qaratilgan) yordam beradi. Tadqiqot «Science» jurnalida chop etildi.

  • 1 May, 15:21
  • Batafsil
not found

AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinaning nojoʼya taʼsirlarini tan oldi

AstraZeneca sud hujjatlarida birinchi marta COVID-19`ga qarshi vaktsinasi TTS sindromi (trombotsitopeniyali tromboz sindromi) deb ataladigan kam uchrovchi nojoʼya taʼsirga olib kelishi mumkinligini tan oldi, deb yozdi The Telegraph. Sud hujjatlariga koʼra, kompaniya jamoaviy daʼvoga duch kelmoqda. Unda aytilishicha, Oksford universiteti bilan birgalikda ishlab chiqqan vaktsina baʼzi bemorlarda nojuya taʼsirlarga va hatto oʼlimga sabab boʼlgan. “Vaktsina juda kam hollarda trombotsitopeniya sindromi (TTS) bilan trombozga olib kelishi mumkin. Buning sababi nomaʼlum”, — deyiladi materialda. Аngliya va Uels Oliy sudiga jami 51 ta shikoyat kelib tushgan, ularning mualliflari kompaniyadan 100 million funt sterlinggacha boʼlgan zararni qoplashni talab qilmoqda. Daʼvogarlarning advokatlari AstraZeneca vaktsinasi «nuqsonli» ekanini, samaradorligi «oʼta boʼrttirilgan»ini aytmoqda. Ilk daʼvogarlardan biri IT muhandisi Jeymi Skott boʼlib, u 2021 yilda vaktsina olganidan keyin qon ivishi oqibatida davolab boʼlmaydigan travmatik miya jarohati olganini daʼvo qilmoqda. AstraZeneca bu kabi holatlar va vaktsinasi oʼrtasidagi bogʼliqlik boʼyicha bahslashmoqda, lekin fevral oyida sudga taqdim etgan hujjatlaridan birida kompaniya vaktsinasi «juda kamdan-kam hollarda» TTSni keltirib chiqarishi mumkinligini tan oldi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, «bunga sabab boʼlgan mexanizm nomaʼlum» va TTS AstraZeneca (yoki boshqa har qanday ishlab chiqaruvchining) vaktsinasi qabul qilinmagan holda ham sodir boʼlishi mumkin, shuning uchun har bir holat uchun ekspert xulosalari talab qilinadi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2021 yil fevralь oyida AstraZeneca COVID-19 vaktsinasini tasdiqdan oʼtkazgandi. Emlash kampaniyasi boshlanganidan koʼp oʼtmay, olimlar AstraZeneca vaktsinasi va yangi kasallik — vaktsinatsiyadan kelib chiqadigan immun trombotik trombotsitopeniya (VITT) oʼrtasidagi bogʼliqlikni aniqlagan. Daʼvogarlarning advokatlari VITT TTSning bir turi ekanini taʼkidlamoqda, ammo AstraZeneca bu atamani tan olmayapti. Buyuk Britaniyaning Dori-darmonlar va sogʼliqni saqlash mahsulotlarini tartibga solish agentligining (MHRA) rasmiy maʼlumotlariga koʼra, Buyuk Britaniyada kamida 81 oʼlim trombotsitlar darajasi past boʼlgan odamlarda tromboz shakllanishiga sabab boʼlgan salbiy reaktsiya bilan bogʼliq deb taxmin qilingan. Buyuk Britaniya hukumati emlashning salbiy oqibatlari uchun kompensatsiya sxemasini joriy qilgan, biroq jabrlanuvchilarning aytishicha, 120 ming funt sterling miqdoridagi bir martalik toʼlov yetarli emas. Telegraph tomonidan olingan maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, Britaniya hukumati tomonidan 2024 yil fevraligacha toʼlangan 163 ta kompensatsiyaning kamida 158 tasi AstraZeneca vaktsinasi bilan emlanganlarga berilgan.

  • 1 May, 12:25
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech