Yangiliklar

not found

Homiladorlik paytida D vitamini qabul qilish bolalarda astma xavfini kamaytiradi

Amerikalik tadqiqotchilar homiladorlik davrida D vitamini qabul qilish kelajakda bolalarda astma xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Ish natijalari Allergiya va klinik immunologiya jurnalida chop etilgan. D vitaminini astmani kamaytirish boʼyicha 15 yillik sinov maʼlumotlarini koʼrib chiqishda mualliflar homilador ayollarning ikki guruhini, soʼngra ularning uch va olti yoshli bolalarini oʼrganishdi. Ishtirokchilar homiladorlikning 10 dan 18 haftasiga qadar kuzatila boshlandi. Ikkala guruhdagi oilalarda allergiya yoki astma bilan kaksallanganlar bor edi. Birinchi guruh ishtirokchilari D vitaminini 4400 xalqaro birlik (ME) dozasida qabul qilishdi. Ikkinchi guruh ayollar prenatal vitaminlar bilan birga platsebo qabul qilishdi. Maʼlum boʼlishicha, birinchi guruhdagi onalardan tugʼilgan bolalar astma bilan 20 foizga kamroq kasal boʼlishdi. Shu bilan birga, olti yoshda bu kasallikning ehtimoli 50 foizga kamaydi. Shuni taʼkidlash kerakki, kuzatuv va klinik tadqiqotlar natijalari bir xil emas. Birinchi guruh natijalari homiladorlik davrida D vitaminining yuqori darajasi astmadan himoya qilishi mumkinligini tasdiqlandi. Shuningdek, klinik tadkikotlar moddani qoʼshimcha sifatida qabul qilish samarali emasligini koʼrsatmadi. Homiladorlik davrida oʼziga xos oziq moddalarning rolini toʼgʼri aniqlash uchun guruhdagi oziq moddalar dozasini, qoʼshimcha vaqtni va boshlangʼich darajasini hisobga olish kerak. Dastlabki tadqiqot buni hisobga olmadi, shuning uchun kelajakda koʼproq tadqiqotlar rejalashtirilgan.

  • 14 Noyabr, 09:03
  • Batafsil
not found

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining navbatdagi hayʼat yigʼilishi oʼtkazildi

Joriy yilning 10 noyabr kuni “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining navbatdagi hayʼat yigʼilishi oʼtkazildi. Yigʼilishda kompaniya Boshqaruv Raisi U. Salixbaeva, rais oʼrinbosari А.Kamilov, shuningdek, direktorlar, boʼlim boshliqlari va tizimdagi jamiyat rahbarlari ishtirok etishdi. Kun tartibida:1. Kompaniya tizimidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida 2023 yilning 9 oylik yakuni boʼyicha tasdiqlangan biznes-reja koʼrsatkichlari bajarilishi;2.“Andijon Dori-Darmon” va “Qashqadaryo Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining joriy yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlarini eshitish;3.Dori-Darmon" АKda joriy yil 9 oy davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi, kirim va chiqim boʼyicha tahlili;4. Ikkinchi guruh moddiy boyliklarini yangilash rejasi boʼyicha amalga oshirilgan ishlar;5. Sohaga taalluqli boshqa masalalar koʼrib chiqildi. Kompaniyaning moliya direktori v.v.b. I.Аbdusalomov joriy yilning 9 oylik yakuni boʼyicha erishilgan yutuqlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar haqida axborot berdi. Qayd etilganidek, 2023 yilning 9 oyi davomida kompaniya va tizimdagi jamiyatlarning umumiy tovar aylanmasi 568,6 mlrd.soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 412,5 mlrd. soʼmni, chakana tovar aylanmasi 156,1 mlrd.soʼmni tashkil etdi. Shundan soʼng, "Andijon Dori-Darmon” АJ rahbari А. Аhmadjonov hamda “Qashqadaryo Dori-Darmon” MChJ direktori Q.Saydullaevning jamiyatlarda 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.Dori-Darmon" АKda joriy yil 9 oy davomida dori vositalari, tibbiy buyumlar va parafarmatsevtika mahsulotlarining aylanmasi haqida tijorat direktori Nurali Husanov maʼlumotlar berib oʼtdi. Shundan soʼng, tizimdagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning tovar aylanmasi biznes reja koʼrsatkichlariga nisbatan bajarilishi tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Ish va savdo sifatini oshirish, yoʼl qoʼyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Yigʼilishda kompaniya faoliyatiga oid boshqa masalalar ham muhokama etildi.

  • 13 Noyabr, 15:57
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech