Yangiliklar

not found

Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi

“Аholiga pensiya tayinlash boʼyicha koʼrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–353-son, 31.10.2023 y.) qabul qilindi Qarorga koʼra, 2024 yil 1 yanvardan: fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qoʼshimcha ravishda ularning xohishiga koʼra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi; fuqarolar pensiya tayinlanganidan soʼng shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʼlarini YaIDXP yoki АT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin boʼladi. Bunda, Pensiya jamgʼarmasi tuman (shahar) boʼlimlari tomonidan shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʼlarni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi. 2025 yil 1 martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunda belgilangan yoshga toʼlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi. Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgʼarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi. Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi. 2025 yil 1 martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga taʼsir qiluvchi qoʼshimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobilь aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.

  • 2 Noyabr, 09:05
  • Batafsil
not found

Reimbursatsiya bo`yicha dorilarni qayerdan olsa bo`ladi

Reimbursatsiya – bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini bepul olish imkonini beruvchi tizim hisoblanadi. U tajriba-sinov tariqasida oʼtgan yili Sirdaryo viloyatida, joriy yilda esa Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi tibbiyot birlashmasi tizimidagi muassasalarda ham joriy qilindi. "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi tizimidagi "Sirdaryo Dori-Darmon" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 40 ta, shuningdek kompaniyaga qarashli Toshkent shahridagi 3 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya tizimiga ulangan. Toshkent shahrida reimbursatsiya tizimiga ulangan dorixonalar: • 36/1-sonli shoxobcha. Yunusobod tumani, 51-sonli oilaviy poliklinikada joylashgan.• 36/3-sonli shoxobcha. Yunusobod tuman koʼp tarmoqli markaziy poliklinikada joylashgan.• 27-sonli dorixona. Yunusobod tumani, Аhmad Donish koʼchasida joylashgan. Dispanser nazoratida turgan bemorlar oilaviy shifokorlariga murojaat etib, elektron retsept asosida dorixonalardan dori vositalarini bepul olishlari mumkin. Bunday dori vositalari quyidagi kasalliklarga chalingan bemorlarga beriladi: • Gipertoniya va yurak ishemik kasalligi;• Qandli diabetning 2-turi;• Bronxial astma;• Oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalligi. Surunkali kasalliklar uzoq muddat davolanishni talab etadi, lekin koʼp bemorlar dori vositalarini doimiy xarid va muntazam qabul qilmaydi. Ushbu tizim orqali bemorlar uzluksiz dori vositalari bilan taʼminlanadi, bu oʼz oʼrnida kasalliklar asoratini va nogironlikni kamayishiga olib keladi.

  • 1 Noyabr, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech