Yangiliklar

not found

Omega-3 o'pka kasalliklarining oldini olish uchun foydali deb tan olindi

Kornel universiteti olimlari omega-3 yog 'kislotalarini o'pka kasalliklarining oldini olish uchun foydali ekanligini aniqlashdi. Ish natijalari American Journal of Respiratory and Critical Care Medicine jurnalida chop etilgan. Tadqiqot ikki bosqichda o`tkazildi. Birinchisida 15 000 dan ortiq odam ishtirok etdi va vaqt o'tishi bilan qondagi omega-3 ko'p to'yinmagan yog'li kislotalar darajasi bilan o'pka funktsiyasi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganib chiqildi. O'rtacha yoshi 56 bo'lgan subyektlar eksperiment boshida sog'lom edi va ko'pchilikda surunkali o'pka kasalligi belgilari yo'q edi. Kuzatuvlar o`rtacha 7 yildan 20 yilgacha davom etdi. Mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, inson qonida Omega-3 darajasi qancha baland bo`lsa, o'pka o`z funktsiyasini shuncha sekin pasaygani namoyon bo`ldi. Ayniqsa bu aynan yog`li baliqlar (losos, orkinos va sardalya) tarkibida bo`lgan dokozageksayen kislota - yuqori konsentratsiyalarda topilgan omega-3 yog` kislotasi bilan ko`proq bog`liq deb topildi.  Ikkinchi bosqichda 500 000 ga yaqin ishtirokchilarning ma’lumotlari tahlil qilindi. Xususan, oziq-ovqat omega-3 darajasining ko'rsatkichi sifatida qondagi genetik biomarkerlarga e'tibor qaratildi. Ushbu tajriba ma'lumotlari birinchi bosqichdagi hulosalarni isbotladi.  Baliq va baliq yog'idan tashqari, omega-3 ning boshqa manbalariga yong'oq va urug'lar, o'simlik moylari va maxsus boyitilgan ovqatlar kiradi.

  • 24 Iyul, 17:47
  • Batafsil
not found

JSST jaziramadan saqlanish boʼyicha tavsiyalarini eʼlon qildi

Tahlillarga koʼra, oʼtgan yili kuzatilgan anomal issiq harorat Yevropada 60 000 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin boʼlgan. Bu — avval prognoz qilinganidan uch barobar koʼp koʼrsatkich. Xavotirli jihati, sayyoramizda global isish jarayoni davom etar ekan, mazkur raqamlar yildan yilga ortishi mumkin. Shu bois Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi jaziramadan saqlanish boʼyicha quyidagi tavsiyalarini eʼlon qildi. Аnomal harorat kuzatilayotgan davrda issiq oʼlkalarga sayohat qilishdan avval ob-havo prognozidan xabardor boʼlib, ehtiyot choralarini koʼrgan holda yoʼlga chiqish zarur. Jaziramada doim yoningizda salqin suv olib yurishni unutmang. Zarurat boʼlmasa, harorat yuqori soatlarda koʼchaga chiqmaslik va ogʼir jismoniy ishlar bilan shugʼullanmaslik kerak. Bunday vaziyatda transport vositalarida bolalar va hayvonlarni qoldirish toʼgʼri emas. Iloji boʼlsa, kunduzi kamida ikki-uch soat davomida salqin joyda vaqt oʼtkazgan maʼqul. Tunda xona derazalarini ochish, kunduzi oftob nurini qaytarish uchun xonalarga pardalar tutish va jarima kunlarda imkon qadar oʼzidan issiq chiqaruvchi elektr moslamalaridan kamroq foydalanish maqsadga muvofiq. Organizmning suvsizlanishiga yoʼl qoʼymaslik uchun kuniga yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish juda muhim. Mutaxassislar, shuningdek, yengil, tabiiy matodan tikilgan va keng liboslar kiyishni, imkon qadar tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilishni, shakarli, alkogolli yoki kofeinli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qiladi. Koʼp vaqtini yolgʼiz oʼtkazadigan yaqinlar, doʼstlar va qoʼshnilar sogʼligʼidan muntazam xabardor boʼlishni yoddan chiqarmaylik. Chunki issiq kunlarda zaif odamlar yordamga muhtoj boʼlishi mumkin. Аnomal harorat taʼsirida oʼzingiz yoki yaqinlaringizda bosh aylanishi, koʼngil aynishi, holsizlik, bosh ogʼrigʼi kabi alomatlar kuzatilsa, shifokorga uchrashing. Аgar atrofingizdagi insonlarda oftob tigʼi tufayli noodatiy belgilar, masalan, xushni yoʼqotish, talvasa, aqldan ozish kabi simptomlar yuzaga kelsa, darhol tez tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.

  • 24 Iyul, 15:51
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech