17:31 (24.09.2024)

490

Olimlar qon tomirlarni mustahkamlovchi notushta haqida ma’lumot berdi

Kuniga ertalab bir dona tuxumni iste’mol qilish orqali qon tomirlar va yurakni mustahkamlash mumkin, chunki bu mahsulot qondagi triglitseridlar miqdorini pasaytirishga yordam beradi.

Kardiolog Olga Bokeriyaning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot shuni ko‘rsatganki, kuniga bir dona tuxum iste’mol qilgan odamlar mahsulotdan voz kechganlarga qaraganda gemorragik insultdan 30% kamroq vafot etgan. Shuningdek, ratsionga kiritilgan tuxumlar yurak-qon tomir kasalliklarining kamroq rivojlanishini ko‘rsatadi.

Bundan kelib chiqadiki, tuxumni oz miqdorda iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining ortishi bilan bog‘liq emas.

"Xavf hatto kamayadi. Tadqiqotda kuniga bittadan tuxum iste’mol qilgan odamlar tuxum iste’mol qilmaganlarga nisbatan yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi 20 foizga kamroq bo‘lgan," — deya ta’kidladi mutaxassis.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech