15:45 (10.06.2024)

1023

Demensiyaning oldini olishga yordam beradigan mahsulotlar

Dementsiya — bu orttirilgan aqliy zaiflik. Ilgari olingan bilim va amaliy koʼnikmalarning u yoki bu darajada yoʼqolishi bilan aqliy faoliyatning doimiy pasayishi. Koʼpincha, bu holat keksalik davrida kuzatiladi.

Har yili dunyoda oʼn millionga yaqin dementsiya kasalligi qayd etiladi. Bunda bemorlarning 60 foizida Аltsgeymer kuzatiladi.

Dementsiyaning oldini olishga yordam beradigan uchta mahsulot:

- Omega-3 yogʼ kislotalariga boy ovqatlar, masalan, losos va orkinos kabi yogʼli baliqlarni isteʼmol qilish kognitiv funktsiyani yaxshilashga yordam beradi. Bu yogʼ kislotalari neyron hujayralariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi va organizmdagi yalligʼlanishni kamaytiradi.

— Balogʼat yoshidan boshlab ratsionga chernika va malina kabi rezavor mevalarni muntazam ravishda kiritish keyingi yillarda demensiya va Altsgeymer kasalligi xavfini kamaytirishga yordam beradi.

— Muntazam ravishda yongʼoq isteʼmol qilish hayot davomida aqliy ravshanlik va kuchli xotirani saqlashga yordam beradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech