11:34 (14.06.2024)
1528
Yevropa Ittifoqi 15 aʼzo davlatga 40 million dozadan ortiq parranda grippiga qarshi vaksina yetkazib berish boʼyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi vakillari Reuters. agentligiga maʼlum qildi.
Birinchi boʼlib vaktsinalarni epidemiologik vaziyat eng qiyin boʼlgan Finlyandiya tomonidan qabul qilib olinadi va birinchi navbatda virusga eng moyil boʼlganlar, jumladan, parrandachilik fermasi xodimlari va veterinariya shifokorlari emlanadi. Shartnoma CSL Seqirus kompaniyasidan 665 ming dozagacha dastlabki xaridni koʼzda tutadi. Qolgan 40 million doza infektsiya tarqalishiga qarab toʼrt yil davomida olinadi.
AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya ham parranda grippiga qarshi vaktsinalarni yetkazib berishni tashkil etish ustida ishlamoqda. Maʼlumki, H5N1 virusi Qoʼshma Shtatlarning aksariyat shtatlarida, birinchi navbatda, qushlar orasida tarqalgan. Hozircha virusning odamdan odamga yuqishi haqida xabarlar olinmagan.
Vaktsinalar sogʼliqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʼrish va javob berish Yevropa boshqarmasi orqali sotib olinadi. Ilgari agentlik CSL Seqirusga zoonotik (yaʼni hayvonlardan yuqadigan) grippga qarshi mavjud vaktsinani virusning yangi shtammiga moslashtirish boʼyicha soʼrov yuborgan edi. Kompaniya ulardan ishlab chiqish va ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun preparatni sotish kafolatlarini talab qildi.
H5N1 doimiy ravishda mutatsiyaga uchraydi va yuqtirganlar orasida oʼlim darajasi yuqori. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, 1996-yilda virus topilganidan buyon kasallangan 900 kishining yarmidan koʼpi vafot etgan. Qushlarning migratsiyasi virus tarqalishining usullaridan biridir. H5N1 epidemiyasi Yevropa, Afrika, Amerika va Yaqin Sharqda qayd etilgan.