15:00 (04.09.2024)

876

JSST: 2050-yilga borib dunyoda saraton bilan kasallanish darajasi 77 foizga oshadi

JSST saraton boʻlimining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 2050-yilga borib saraton kasalligining 35 milliondan ortiq yangi holatlari qayd etiladi, bu 2022-yilga nisbatan 77 foizga koʻp demakdir.

Shu bilan birga, saraton kasalligidan vafot etganlar soni 18 million kishidan oshadi. Mutaxassislar ushbu tendensiyaning asosiy sabablari sifatida aholi sonining koʻpayishi va ularning qarishi, shuningdek, nosogʻlom turmush tarzini (tamaki chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish va semirib ketish) keltirishmoqda. Shu sababli, daromadi past boʻlgan mamlakatlarda saraton kasalligi va oʻlimning eng katta proporsional oʻsishi kutilmoqda. JSST prognozlariga koʻra, bunday mamlakatlarda oxirgi koʻrsatkich deyarli ikki baravar koʻpayadi.

 Oʻpka saratoni dunyodagi eng keng tarqalgan saraton tashxisi boʻlib, yangi holatlarning 12,4 foizini va oʻlimning 18,7 foizini tashkil qiladi. Ayollarda koʻkrak bezi saratoni ikkinchi eng keng tarqalgan shakldir. Bu holatlarning 11,6% ni tashkil qilsa-da, oʻlimning 7% dan kamrogʻiga sabab boʻladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech