17:05 (27.09.2023)

1309

Inson huquqlari himoyasida davlat siyosati va xalqaro majburiyatlar: axborot xizmatlarining vazifalari nimalardan iborat?

Bugun АOKАda vazirlik, idora va tashkilotlar hamda hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari uchun “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosati va mazkur sohada xalqaro majburiyatlarning bajarilishi masalalari” mavzusida oʼquv kurslari boshlandi.

Oʼquv kursini Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʼrinbosari, Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Аkmal Saidov ochib berdi. Kirish soʼzi davomida inson huquqlarini himoya qilishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bunda OАV va axborot xizmatlari imkoniyatlari kengligini alohida taʼkidlab oʼtdi.

Tadbirda soʼzga chiqqan АOKА direktori А.Xodjaev inson huquqlari himoyasi global miqyosda dolzarb ekanligini, mamlakatda soʼz erkinligini, davlat organlarining ochiqligini taʼminlash, fuqrolarning axborotga boʼlgan ehtiyojini qondirish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson huquqlarini taʼminlash maqsad qilinganligini eʼtirof etdi.

Tadbirda matbuot kotiblari inson huquqlari himoyasini taʼminlash, shu asnoda faoliyat yuritayotgan tashkilot nufuzini ham muhofaza qilishda eʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar, mezonlar va printsiplar hamda boshqa sohaga oid savollarga javob olishdi.

Oʼquv seminari ertaga ham oʼz ishini davom ettiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech