17:59 (25.10.2024)
659
Muddati o‘tgan dorilarni shunchaki boshqa maishiy chiqindilarga qo‘shish yoki kanalizatsiyaga tashlab yuborish mumkin emas. Suvda eriydigan preparatlar bundan mustasno.
Qolgan dori-darmonlar bilan quyidagicha ish tutish kerak:
• Tabletkalarni blisterdan yoki qadoqdan chiqarib, kukun holiga kelguncha maydalash kerak. Kapsulalarni yoki ampulalarni oching va ichidagini oling. Bug‘lanishni hidlamang.
• Olingan kukunni shaffof bo‘lmagan mustahkam paketga yoki qopqog‘i zich bankaga soling. Yegulik bo‘lmagan narsani, masalan, tuproq yoki choyni shamasini qo‘shing, va yaxshilab aralashtirib qadoqlang.
• Agar mazlar haqida gap ketsa, ularni polietilen paketga siqib chiqarish va tyubiklardan alohida utilizatsiya qilish kerak.
Bunday chora-tadbirlar uysiz yoki yovvoyi hayvonlarning utilizatsiya qilingan preparatlarga qiziqmasligi uchun zarurdir.
Agar sizning shahringizda utilizatsiya uchun maxsus markaz bo‘lsa, yaxshisi dorilarni u yerga olib boring. Muddatini o‘tkazib yuborgan dorilar uy aptechkasida kamroq paydo bo‘lishi uchun, yaxshisi, ortiqcha dorilarni g‘amlamaslik, ularni faqat zaruriyat bo‘lganda sotib olish kerak.