14:45 (24.10.2024)

525

Germaniyada ilk bor maymun chechagining yangi shtammi bilan kasallanish holati tasdiqlandi

Robert Kox nomidagi jamoat salomatligi instituti Germaniyada maymun chechagining yangi shtammi bilan kasallanishning birinchi holati haqida xabar berdi.

Kasallik Kyolndagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan 33 yoshli erkakda aniqlangan. Hozirda bemor izolyatsiya qilingan, deb xabar beradi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

18-oktyabr kuni o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, mpoxning (maymun chechagi) yangi varianti clade 1b keltirib chiqaradigan infeksiya sanaladi. Mazkur shtamm tarqalishi tufayli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avgust oyida favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Taxminlarga ko‘ra, Germaniya fuqarosi Sharqiy Afrika davlatlaridan birida bo‘lganida kasallikni yuqtirgan, deya xabar berdi vazirlik.

Kasallikka qaramay, Robert Kox instituti Germaniyada virus tarqalish xavfi yuqori emasligini taxmin qilmoqda deyiladi xabarda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech