17:50 (26.09.2023)
1029
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2019-2023-yillarda amalga oshirgan ishlari hisobotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar boʻlinmasi (kengashi)dan vakillar, shuningdek kompaniya Boshqaruv Raisining oʻrinbosari, direktorlar va barcha boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi.
“Dori-Darmon” AK kasaba uyushmasi tarkibiga ( 22-sentyabr holatiga) 410 nafar xodim kiradi, ulardan 42 tasi “Dori-Darmon Garant”, “Dori-Darmon Invest” va “ Dori-Darmon HCP” MCHJ ishchilaridir.
Kompaniyaning kasaba uyushmasi tamonidan 2019-2023-yillar davomida turli xil ommaviy madaniy tadbirlar tashkil etilgan, shuningdek teatr, konsert, yangi yil bayramlariga, “Ashxobod sayilgohi” va “Anhor” istirohat bogʻlariga xodimlar va ularning farzandlari uchun madaniy dam olishlariga chiptalar olingan.
Ichki turizmni rivojlantirish bu mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bugina emas, balki fuqarolarimizga ajoyib sayohat zavqini tuyishdek imkoniyatni ham hadya qiladi. Aslida ham, oʻz yurtingning betakror va soʻlim goʻshalariga sayohat qilish, asrlarga tengdosh boʻlgan tarixiy obidalarini ziyorat qilish, goʻzal tabiatning bebaho inʼomlaridan bahramand boʻlish inson maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan omillardan sanaladi.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 98 nafar xodimlar uchun “Xumson” sanatoriysiga, 50 nafar xodimlar dam olishlari uchun “Ugam-Kristall” dam olish maskaniga 1 kunlik sayohat hamda ichki turizmni rivojlantirish dasturi boʻyicha Samarqand va Xiva shaharlariga turlar tashkil etilgan.
2019 va 2021-yilda kompaniyada faoliyat olib boruvchi xodimlarning jami 31 nafar farzandlari yozda “Happy summer” va “West camp” oromgohlariga dam olish uchun yuborilgan.
2019-2021-yillarda hamda 2023-yilning oʻtgan 8 oyi davomida xodimlarga 164, 4 million soʻmlik moddiy yordam ajratilgan.
Yigʻilish davomida kasaba uyushmasining yangi tarkibi saylandi. Durdona Saliyeva kasaba uyushmasi raisi, Saulat Toreshov kasaba uyushmasi kotibi, Guzal Ziyamuhamedova, Gulnoza Hakimova, Guzal Xudayberganova, Behzod Samatov va Dilarom Gʻiyasova kasaba uyushmasi aʼzolari etib tayinlandi.