15:24 (14.10.2024)

83

Navoiy viloyatida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.L.” MCHJ xodimi S.B. fuqaro M,X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 165 quti “Le-Fer” nomli dori vositasini 46 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 300 dona “SUTSILIN” nomli jami 133,1 mln so‘mlik hujjatsiz dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar H.E. va U.M. xorijda ishlab chiqarilgan 500 quti “Ferrovayz” nomli dori vositasini fuqaro G.B.ga 57,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech