12:40 (14.10.2024)

111

Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirildi

Intellektual mulk agentligi kontrafakt dori vositalari sabab Sog‘liqni saqlash vazirligini ogohlantirdi.

Qonunchilik hujjatlari talablariga ko‘ra dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida intellektual mulk huquqlariga qat’iy rioya etilishi kerak.

Biroq, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 2023-yilda 21 ta holatda, 2024-yilning o‘tgan davrida 16 ta holatda dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat ro‘yxatiga olinganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchilarga yaxshi tanish bo‘lgan MAGNE B6, IMUDON, SMEKTA, DUSPATALIN, ELEVIT kabi tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan dori vositalarining kontrafakt nusxalari Magne B6, Nest IMUDON, MER DUSPATANIM, ELEMALVIT ko‘rinishida turli farmatsevtika korxonalari nomiga intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ogohnoma kiritildi. Vazirlik dori vositalari, tibbiy buyumlar va texnikalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish lozimligi, bu kabi holatlar yana takrorlansa, belgilangan jazo choralari tayinlanishi haqida ogohlantirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech