13:15 (22.09.2023)
2055
Omega-3 oziq-ovqat qoʼshimchalarini sotib olgan koʼplab isteʼmolchilar kapsulalarda achchiq yogʼlarni isteʼmol qilishmoqda.
Djorj Vashington universiteti olimlari tarkibida omega-3 boʼlgan OTC mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng mashhur 72 ta brendni olti yillik tadqiqot ichida sinovdan oʼtkazdilar. Baholashda omega-3 oziq-ovqat qoʼshimchalari global sanoat guruhi-GOED tomonidan ixtiyoriy ravishda oʼrnatilgan achchiqlik chegaralaridan foydalanildi.
Tadqiqotchilar taʼmli va xushboʼy qoʼshimchalarning jami 45% achchiqlik sinovlarida ijobiy natija koʼrsatganini taʼkidlab oʼtishdi. Qoʼshilgan xushboʼylashtiruvchi qoʼshimchalar achchiq hidni yashirishi mumkin. Tadqiqot mualliflari xushboʼy hidli baliq yogʼi qoʼshimchalaridan ehtiyot boʼlishni tavsiya qiladilar, chunki xushboʼylashtiruvchi moddalar ularning yangiligiga va odam sogʼligiga ham qanday taʼsir qilishi noaniq.
Аchchiqlik - bu qoʼshimchadagi yogʼning oksidlanish darajasi bilan oʼlchanadigan xususiyat. Qoʼshimchadagi yogʼ qancha koʼp oksidlangan boʼlsa, bunday oziq-ovqatlarning ozuqaviy foydasi shuncha kamayadi.