16:04 (25.03.2023)

2481

Dastlabki oylarning yakunlari koʼrib chiqildi

Joriy yil 25 mart kuni “Surxon Dori-Darmon” MChJda markaziy dorixona mudirlari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda muhim va dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan, yanvarь-fevralь oylarining yakuni boʼyicha tuman markaziy dorixonalar faoliyati tanqidiy koʼrib chiqildi. Yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va yuzaga kelgan muammolarni hal etish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Viloyatda chakana savdo aylanmasini koʼtarish va dorixonalar faoliyatiga oid boshqa masalalar atroflicha tahlil etildi. Jumladan, dori-darmonlarning sifati va saqlanishi, sanitariya holati hamda asosiy vositalar hisobining yuritilishi xususida toʼxtalib oʼtildi.

Har bir tumanga jamiyatdan kurator tayinlanganligiga, omborxonalarda dori-darmon zaxirasi yetarli boʼlishiga qaramasdan, mudirlarning masʼuliyatsizligi tufayli kunlik savdo aylanmasi oshmayotganligi taʼkidlandi.

Nazoratni susaytirganligi uchun mutasaddi shaxslarga xayfsan intizomiy jazosi qoʼllanildi.

Shuningdek, viloyat soliq boshqarmasi boʼlim boshligʼi B.Odilov tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi “Dori-vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʼgʼrisida”gi qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 iyundagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni ijrosi boʼyicha dorixona mudirlariga tushunchalar berildi.

Joylarda soliq hodimlari tomonidan oʼtkazilgan monitoringlarda onlayn kassa apparatlarining ishlatilishida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Ushbu kamchiliklarni oʼz vaqtida bartaraf qilmaganligi uchun tegishli xodimlarga jarima jazosi qoʼllanildi.   

Yigʼilish yakunida kelgusida bu kabi kamchiliklarga yoʼl qoʼymaslik uchun tegishli dasturlar ishlab chiqish, har haftada 1-2 ta tuman dorixonalar faoliyatini oʼrganib muhokama qilish belgilab olindi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech