09:03 (27.09.2023)
1774
Rossiyada dorixona sohasida kadrlar yetishmovchiligi kuchayib bormoqda. Qayd etilishicha, yoshlar bu kasbga kirishni istamaydi. Bu uning nufuzining pasayishi bilan bogʼliq, chunki dorixona faoliyati sogʼliqni saqlash bilan emas, balki savdo bilan bogʼliq.
Joriy yilda oliy oʼquv yurtlari byudjet oʼrinlari uchun ham “Dorixona” yoʼnalishiga abiturientlarni jalb eta olmadi. Bu yoʼnalishda oʼqishga borganlar esa koʼp hollarda dorixonalarda emas, farmatsevtika kompaniyalarida ishlashni afzal koʼradilar.
Bugungi kunda har uchinchi dorixona provizor va farmatsevt yetishmasligiga duch kelmoqda. Moskvada dorixona xodimlarining deyarli yarmi farmatsevtika maʼlumotisiz ishlaydi, eng yaxshi holatda ular hamshiralar yoki feldsherlardir. Chekka qishloqlarda esa tibbiy maʼlumotga ega boʼlmagan odamlar dori-darmonlarni sotishlari uchraydi- deydi mustaqil dorixonalar assotsiatsiyasi direktori.
Uning soʼzlariga koʼra, sohada hozirda 30 foizga yaqin mutaxassislar yetishmaydi. Shu bilan birga, dorixonalar soni yil sayin ortib bormoqda. DSM Group maʼlumotlariga koʼra, 2023 yilning ikki choragida ularning soni 3,5 mingga oshib, 73,5 mingtaga yetgan. Asosan, oʼsish yirik shaharlarda federal dorixonalar tarmogʼining rivojlanishi bilan bogʼliq. Dorixonalar tez-tez yopiladi, chunki ishdan boʼshagan farmatsevtning oʼrnini bosadigan hech kim yoʼq.
Mustaqil dorixonalar uyushmasi Rossiyaga qoʼshni va doʼst davlatlardan ixtisoslashgan mutaxassislarni jalb etish orqali kadrlar yetishmovchiligiga qarshi kurashishni taklif qilmoqda.