15:00 (26.09.2023)

910

Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti boʻlib oʻtmoqda

Global Pharmaceutical Leadersʻ Club tomonidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan IV Yevroosiyo farmatsevtika sammiti oʻz ishini boshladi.

Bu Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama qamrab olgan yagona konferensiyadir.

Oflayn sammitda 10 mamlakatdan farmatsevtika bozorining 250 dan ortiq yetakchi mutaxassislar va tartibga soluvchilar, farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, distribyutorlar va dorixonalar tarmogʻidan 100 dan ortiq maʼruzachilar ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek, tadbirda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori boshchiligida barcha tizim tashkilotlari rahbarlari va masʼullari ishtirok etishmoqda.

Sammit dasturi 20 dan ortiq sessiyalarni oʻz ichiga oladi, unda tartibga solish siyosati, davlat xaridlari, yorliqlash, narxlash, sotish, marketing va dori vositalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlari va yetakchi farmatsevtika kompaniyalari top-menejerlari bilan birga-bir uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Bugungi kun tartibidan xalqaro miqyosdagi ekspertlar hamda yirik kompaniya va tartibga soluvchi organlarning vakillari bilan davra suhbatlari, muhokamalar, shuningdek, distribyutor va dorixona tarmoqlari mutaxassislari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar joy olgan.

Sammit doirasida Samarqand shahridagi dori vositalari tarqatish markazlari va dori ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashriflar tashkil etiladi. Shuningdek, “Eurasian Pharma Awards“” tanlovi ham oʻtkaziladi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech