08:47 (01.11.2024)

577

Yurak va bo‘g‘imlarning salomatligi uchun qancha suv kerak?

Yurak va bo‘g‘imlarni sog‘lom saqlash uchun kuniga taxminan ikki yarim litr suv ichish kerak.

Terapevt Yana Shmelevaning ta’kidlashicha, katta yoshlilarda suv umumiy vaznning 65% ni tashkil qiladi. U bo‘g‘imlarda og‘riqlarni kamaytiradi va ularni eskirishdan himoya qiladi.

Suv yetishmasligi aqliy qobiliyatlarni pasaytiradi, agar suv tanqis bo‘lsa, qon quyuqlashadi va yurak qonni o‘tkazishga qiynaladi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, dunyo aholisining yarmi kerakli miqdorda suv iste’mol qilmaydi - bu uning yetishmasligi tufayli emas, balki sog‘likka beparvo munosabatda bo‘lganligi sababli. Suyuqlikning yetishmasligi oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bundan tashqari, suv yangi qon hujayralarini yaralishi va to‘qimalarda minerallarning erishi uchun zarur, dedi shifokor.

Oddiy vaznda suyuqlik hajmini hisoblashda 1 kg vazn uchun 25-30 ml miqdorida, ortiqcha vaznda -1 kg. tana vazn uchun 30 ml miqdorida hisoblash tavsiya etiladi. Ozmoqchi bo‘lganlar 1 kg tana vazniga 40 ml suv iste’mol qilishi kerak. Suvni kun davomida asta-sekin, har soatda 200-300 ml. ichgan yaxshiroq.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech