14:55 (10.10.2023)
987
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʼtkazish va ularga malaka toifalari berish boʼyicha davlat xizmatlarini koʼrsatishning maʼmuriy reglamentiga koʼra, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʼz xohishiga koʼra navbatdan tashqari malaka toifasini berish boʼyicha attestatsiyadan oʼtkazilishi mumkin.
Oʼz xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi boʼyicha haq toʼlanadi.
Navbatdan tashqari attestatsiyada katnashib, undan oʼta olmagan xodimlarning malaka toifasi tushirilmaydi.
Davolash-profilaktika tashkilotlari rahbarlari navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʼtish muddati tugashidan olti oy oldin shifokor va farmatsevtlarni attestatsiyadan oʼtishi lozimligi toʼgʼrisida yozma ravishda xabardor qilishi zarur.
Shuningdek, rahbariyat tomonidan xodim tibbiyot va farmatsevtika xodimlari attestatsiyadan oʼtkazish tartibi bilan tanishtirilishi hamda attestatsiyadan oʼtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning malaka oshirishi tashkil etilishi lozim.