09:32 (31.08.2023)

1676

Tabobat: Zarcho‘va xotirani yaxshilashga yordam beradi

Zarcho‘va qo‘shilgan taomni har kuni iste’mol qilish sog‘lom insonda xotirani yaxshilash va aqliy zaiflik alomatlari bilan kurashishga yordam berar ekan. Bu haqda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari ma’lum qilishdi.

Kaliforniya universiteti olimlari ziravorining  foydali xususiyatlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazishdi. Unda 50 dan 90 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar ishtirokchida bu jarayon o‘rganildi. Parishonxotirlik va xotiraning yomonlashganidan shikoyat qilgan ishtirokchilar o‘n sakkiz oy mobaynida dori o‘rnida platsebo yoki 90 milligramm kurkuminni (zarcho‘va ildizidan olinadigan modda) kuniga ikki mahaldan qabul qilgan.

Tekshiruv va diqqatni aniqlashtiruvchi test natijalariga ko‘ra, ularning e’tibor jamlashi 28 foizga yaxshilangan. Xushbo‘y ziravor ular kayfiyatiga ijobiy ta’sir etgan. Ammo bunda ziravorning noxush asorati ham aniqlandi. Kurkumin moddasini qabul qilgan to‘rt kishi qorindagi og‘riq va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan.

Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bu ziravor borasida shunday yozib qoldirgan: tabiati: “ikkinchi darajaga yaqin issiq va quruq. Xossalari: unda kuchli tozalash xususiyati bor. Uni chaynash tish og‘rig‘iga foyda qiladi. Zarcho‘vaning shirasi ko‘zni o‘tkirlatishga, qorachig‘idagi katarakta va oqni ketkazishga juda foyda qiladi. Tiqilmalardan kelgan sariqqa, ayniqsa uni arpabodiyon bilan ichilsa, foyda qiladi”.

Zarcho‘va qon aylanish tizimini yaxshilash, qandli diabet, bo‘g‘im og‘rig‘i, oshqozon-ichak, shamollash kabi kasalliklarni davolashda juda foydali. Chunki zarcho‘vaning ildizi bu kuchli oksidant, kurkumin deb ataluvchi sariq rangli pigment, shuningdek, kalsiy, temir, yod, fosfor, kalsiyC va V gruppasiga kiruvchi vitaminlar, efir moyi va boshqa moddalarga boy.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech