Yangiliklar

not found

Sarimsoq qondagi qand miqdorini samarali ravishda kamaytiradi

Xitoyning Janubi-Sharqiy universiteti olimlari sarimsoq qondagi glyukoza va xolesterin miqdorini samarali ravishda normallashtirishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etilgan. Tadqiqotchilar oʼsimlik mahsulotlari va ziravorlarning inson kardiometabolik salomatligiga taʼsiri (meta-tahlil) mavzusida ilgari chop etilgan 29 ta ilmiy ish natijalarini tahlil qilgandan soʼng shunday xulosaga keldi. Tadqiqotda turli mamlakatlardan jami 1 567 kishi ishtirok etdi. Koʼngillilarning yoshi 18 yoshdan 80 yoshgacha boʼlgan. Taʼkidlanishicha, tajribalarda sogʼlom odamlar ham, ikkinchi turdagi diabet, koronar arteriya kasalligi, alkogolsiz yogʼli jigar kasalligi, yurak xuruji, semirish, gipertoniya va polikistik tuxumdon sindromi boʼlgan bemorlar ham ishtirok etgan. Tadqiqotlarda sarimsoq xom va kukun shaklida, shuningdek, eski ekstraktlar va ovqatga qoʼshimcha shaklida isteʼmol qilingan. Meta-tahlil shuni koʼrsatdiki, sarimsoqni har tomonlama isteʼmol qilish ijobiy taʼsir koʼrsatdi va qondagi shakar va xolesterin miqdorining pasayishiga yordam berdi. Olimlar sarimsoqning foydali xususiyatlari uning organizmdagi allitsin deb ataladigan organik birikmaning sintezini tezlashtirish qobiliyatiga bogʼliq deb taxmin qildi. Аllitsin qon aylanishini normallashtiradi, mikroblarga qarshi taʼsirga ega va jigarda triglitseridlar (yogʼlar) hosil boʼlishining oldini oladi, deb xabar beradi gazeta.ru.

  • 11 Iyun, 12:52
  • Batafsil
not found

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish uchun subsidiya beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 312-son Qaroriga muvofiq, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan (ariza beruvchining ushbu toifaga kirishi yoki kirmasligi tibbiyot muassasasi xulosasiga koʻra aniqlanadi), viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar davolanish uchun belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi. Ushbu toifaga kirmaydigan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan viloyat, respublika darajasida yoki xorijiy davlatda davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davolanishi yoki jarrohlik amaliyotidan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi. Nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan yoshlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

  • 11 Iyun, 08:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech