Yangiliklar

not found

Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

Prezidentning “Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” qarori loyihasi eʼlon qilindi.  Toshkent tibbiyot akademiyasining kuzatuv kengashi, Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin: Toshkent tibbiyot akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etish; Universitet tarkibida: Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida belgilangan tartibda jalb etiladigan byudjetdan tashqari mablagʼlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʼtkaziladigan tanlovlar natijalari boʼyicha ajratiladigan grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish; Toshkent tibbiyot akademiyasining koʼp tarmoqli klinikasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikasi etib qayta tashkil etish. Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʼnalishlari etib quyidagilar belgilanadi: uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; oʼquv jarayonini amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga yoʼnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va innovatsion oʼquv-metodik materiallarni keng joriy etish, klinika va oʼquv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʼunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish; fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogʼliqligini taʼminlash; xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-oʼqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qoʼshma taʼlim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish; universitet ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-oʼqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini taʼminlash; respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va qadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish boʼyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish; universitetni 2025 yilgacha xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yoʼnalishi boʼyicha birinchi 200 talikdagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga kiritish; universitet moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʼquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

  • 15 Noyabr, 15:57
  • Batafsil
not found

“Antistrumin” voqeasi: Amrillo Inoyatov bolalarga yod preparati yuqori dozada berilganini tan oldi

Sog‘liqni saqlash vaziriga ko‘ra, mazkur holat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mas’ul xodimlar hozirda qonun oldida javob berishni boshlagan. Namanganda bolalarning zaharlanishi holatiga ularga yod preparatining yuqori dozada berilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi axborotida ma’lum qildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning holati va istiqboli to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Vazir o‘z axborotida tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar qatorida “Dok-1 Maks” hamda Namangandagi bolalarning zaharlanish voqeasiga ham to‘xtalib o‘tgan. “Yaqinda bo‘lib o‘tgan Antistrumin voqeasini olaylik, vazirlik yuz foiz tan olyapti bu peredozirovka ekanligini. Bu holat bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mas’ul xodimlar hozir qonun oldida javob berishni boshlayapti va albatta javob beradi ham. Bundan bu yog‘iga bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikni shaxsan men vazir sifatida zimmamga olaman. Tizimda kamchilik va muammolar juda ko‘p yig‘ilib qolgani uchun tizimli yondoshuvni boshlaganmiz”, deya ta’kidlagan Amrillo Inoyatov. Antistrumin voyeqasi 20 sentabrdan O‘zbekistonda “Yorqin millat” dasturi bo‘yicha bolalarni yod bilan ta’minlash ishlari boshlangandi. Yod preparatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etilishi ko‘zda tutilgandi. 21 sentabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi bog‘chaning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana harorati ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgani xabar berildi. Dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. So‘ngra jami 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Namanganda 450 nafar bola kasallangani ma’lum bo‘ldi. Buning ortidan maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi hamda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

  • 15 Noyabr, 12:26
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech