14:50 (30.05.2024)
1603
Yevropada ketma-ket ikkinchi yil qizamiq bilan kasallanish darajasi ortib bormoqda. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti kasallanganlar soni tez orada 2023 yilda qayd etilgan koʼrsatkichlardan oshib ketishidan xavotirda.
JSST mamlakatlarni emlash ishlarini kuchaytirishga chaqirdi.
Joriy yilning dastlabki uch oyida Markaziy Osiyoni oʼz ichiga olgan JSST Yevropa mintaqasidagi 53 ta davlatdan 45 tasida jami 56 634 ta qizamiqqa chalinish holati qayd etilgan boʼlib, ulardan toʼrttasi oʼlim bilan yakunlangan.
Bu 2023 yilda 41 ta davlatda 61 070 ta holat va 13 ta oʼlim holati qayd etilganidan 5000 taga kam.
Bu koʼrsatkichlar 2022-yildagi maʼlumotlardan 60 baravar koʼp, oʼshanda kasallik bor-yoʼgʼi 941 kishida aniqlangan.
"Evropada qizamiq bilan kasallanish darajasi oʼsishda davom etmoqda, bu yil qayd etilgan holatlar soni tez orada 2023- yildagidan oshadi", deyiladi JSST bayonotida.
JSST Yevropa byurosi direktori Xans Kluge "barcha mamlakatlarni, shu jumladan emlash darajasi yuqori boʼlgan davlatlarni aholining zaif qatlamini emlash, immunologik boʼshliqlarni yopish va virusning tarqalishini oldini olish uchun zudlik bilan chora koʼrishga" chaqirdi.