08:50 (13.06.2024)

685

Tomoq chayish uchun vositalar

 Ushbu vositalar asosan LOR shifokori tomonidan tavsiya qilinadi. Maqsad - tomoqdagi kasallikni davolash yoki oldini olish.

- Propolis damlamasi - yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega. Preparat suyultiriladi va kuniga 5-marta yuviladi.

-Furatsilin - mikroblarga qarshi taʼsirga ega. Kuniga 3-marta yarim stakan suvga tayyorlab tomoq chayiladi.

- Xlorofillipt - stafilokokklarga qarshi antibakterial taʼsir koʻrsatadi. Tomoqni yuvish uchun biz 1% spirtli eritmasidan foydalaniladi. Koʻrsatmalarga muvofiq suyultirib ishlatiladi.

-Stomatidin - mikroblarga qarshi va ozgina ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega. 5 yoshdan boshlab foydalanish mumkin. Eritma foydalanishga tayyor.

-Tantum verde - yalligʻlanishga qarshi va kuchli ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega. 12 yoshdan boshlab foydalanish mumkin. Eritma foydalanishga tayyor shaklda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech