BMT: OITS muammosi 2030 yilgacha hal bo`lishi mumkin
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'kidlashicha, agar kasallikning oldini olish va davolash uchun yetarlicha mablag sarflansa, OITS muammosini yaqin 7 yil ichida hal qilish mumkin.
BMT ta'kidlaganidek, bu "agar mamlakatlar profilaktika va davolanishga sarmoya kiritish uchun siyosiy irodani namoyish etsa va kamsitmaydigan qonunlarni qabul qilsa" juda realdir.
UNAIDS (Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo'yicha Qo'shma Dasturi) ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda dunyo bo'ylab taxminan 39 million odam OIV bilan yashaydi, va davolanmagan taqdirda, u OITSga aylanishi mumkin.
“Agar biz odamlarni birinchi oʻringa qoʻyish va dalillarga asoslangan OIV profilaktikasi va davolash dasturlariga sarmoya kiritish boʻyicha qatʼiy majburiyat olgan mamlakatlarni na`munasi qilib olsak, bu masala yechimini topadi”, deyiladi UNAIDS hisobotida.
Shuningdek, unda OIVga qarshi samarali javob berish, boshqa tashabbuslar qatorida, kamsitmaydigan qonunlarni qabul qilish va jamoat tarmoqlarini kuchaytirishni ham anglatadi. OIV yoki OITS bilan yashaydigan odamlar ko'plab mamlakatlarda ajratish, kamsitish va zo'ravonlikka duch kelishadi.
“Afrikaning sharqiy va janubiy qismi kabi moliyaviy sarmoyalar eng koʻp boʻlgan mamlakatlar va mintaqalarda sezilarli yutuqlarga erishildi, bu yerda OIV bilan yangi kasallanganlar soni 2010 yildan beri 57 foizga kamaydi”, deyiladi hisobotda.
Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada esa, aksincha, yangi bemorlar soni keskin o'sib bormoqda.
"Ushbu tendentsiyalar, birinchi navbatda, OIV profilaktikasi xizmatlarining yetishmasligi ... shuningdek, jazo qonunlari va ijtimoiy kamsitishlar tomonidan yaratilgan to'siqlar bilan bog'liq", - deya tushuntiradi UNAIDS.
Uning xabarlariga ko'ra, o'tgan yili 1,3 million kishi OIV bilan kasallangan va 630 ming kishi OITS bilan bog'liq asoratlardan vafot etgan.