Yangiliklar

not found

Gadjetlar va Internet tarmoqlari bolalar salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi

Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining bolalar va oʼsmirlar gigienasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida soʼrovnoma oʼtkazildi. Unda 2022-2023 oʼquv yili davomida 11 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan 900 nafar oʼquvchi ishtirok etdi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli qurilmalar va Internetdan koʼp foydalanishning bolalar salomatligiga taʼsirini baholashga eʼtibor qaratildi. Statistik maʼlumotlar tahlili endokrin tizim, ovqatlanish va metabolik kasalliklar bilan bogʼliq shikoyatlarga ega bolalar oʼrtacha 41 foizni tashkil etishini koʼrsatdi. Umumiy kasallanishning qiyosiy tahliliga koʼra, raqamli qurilmalardan tez-tez va koʼp foydalanadigan oʼquvchilarda raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan oʼquvchilarga nisbatan ruhiy va xatti-harakatlarning buzilishi bilan bogʼliq belgilar koʼproq uchradi. Soʼrovnoma natijalariga koʼra, bolalar orasida asab tizimi kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan. Shuningdek, bolalar orasida qon aylanish, nafas olish tizimi kasalliklari, shovqin va quloq bilan bogʼliq shikoyati borlar aniqlangan. Bundan tashqari, raqamli qurilmalardan tez-tez va koʼp foydalanadigan oʼquvchilar ovqat hazm qilish tizimidagi muammolardan 1,1 baravar koʼproq, 31 foizi esa tish ogʼrigʼi va kariesdan shikoyat qilgan. Bu raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan oʼquvchilarga nisbatan 6,4 foizga koʼpdir. Xulosa qilib aytganda, raqamli qurilmalardan tez-tez va koʼp foydalanadigan oʼquvchilarda raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydiganlarga nisbatan turli kasalliklarning yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan. Bu – gadjetlar va Internet tarmoqlari bolalar salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatishidan darak.

  • 11 Sentyabr, 13:02
  • Batafsil
not found

Kofein qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilaydi

Xitoylik tadqiqotchilarning fikriga koʼra, butun dunyo boʼylab mashhur boʼlgan ushbu modda metabolik kasalliklarga chalingan odamlarda qalqonsimon bez ishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Futszyan tibbiyot universiteti jamoat salomatligi maktabi tadqiqotchilari 2007-2012 yillardagi 2582 bemor ishtirok etgan NHANES I tadqiqoti maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Bunda NHANES ishtirokchilarning sogʼligʼi holati, shu jumladan qalqonsimon bez funktsiyasi, ovqatlanishi, demografiyasi va boshqa maʼlumotlari toʼplandi. Ishtirokchilar jinsi, yoshi, vazni, glikemik koʼrsatkichlari, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari mavjudligiga qarab uchta kichik guruhga boʼlingan. Qalqonsimon bez kasalliklari bilan ogʼrigan bemorlar tadqiqotdan chiqarildi. 1-guruh (208 kishi) metabolik salomatlik nuqtai nazaridan eng zaifi edi: bu ishtirokchilarning tana massasi indeksi (TMI) va yoshi, shuningdek, giperglikemiya, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish darajasi yuqori edi. Shunisi eʼtiborliki, bu guruh eng kam kofein isteʼmol qilgan. 2-guruhda (543) barcha ishtirokchilar chekuvchilar boʼlib, 90,4% spirtli ichimliklar ichishga odatlangan, guruhda erkaklarning foizi yuqori edi. Bu guruhdagilar koʼp kofein isteʼmol qilgan. 3-guruh (1183) metabolizm boʼyicha eng sogʼlom deb topildi - unga asosan ayollar, yoshlar va eng past TMI kiradi. Ushbu guruh ishtirokchilarining hech biriga giperglikemiya, gipertenziya yoki yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi qoʼyilmagan. 1-guruh ishtirokchilari qon zardobida tiatrop gormoni (TTG) eng yuqori darajasiga ega boʼlib, mualliflar buni subklinik gipotiroidizm yoki ochiq gipotiroidizmga oʼtishning alomati sifatida talqin qilishgan. Shu bilan birga, kofeinni koʼp isteʼmol qilish (9,97-264,97 mg / kun) tahlilda TTG darajalari bilan chiziqli boʼlmagan salbiy bogʼliqlikni koʼrsatdi.

  • 8 Sentyabr, 18:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech