Yangiliklar

not found

Dunyoda qizamiqqa chalinish holatlari nega koʼpaymoqda?

Pandemiya Yer yuzi boʼylab immunizatsiya jarayonlarini keskin susaytirib yubordi. Аyniqsa, qatʼiy karantin cheklovlari, qolaversa, tibbiyot muassasalarining haddan ziyod bosim bilan ishlashi tufayli millionlab bolalar yuqumli kasalliklarga qarshi oʼz vaqtida emlanmay qolib ketdi. Masalan, 2021 yilda jahon boʼyicha 40 million oʼzil-qiz qizamiqning oldini olishga qaratilgan rejali vaktsinatsiyadan chetda qolgan. 25 million bola birinchi dozada, 14,7 million nafari esa ikkinchi dozada emlanmagan va bu rekord koʼrsatkichdir. Mana, oradan maʼlum vaqt oʼtib, ushbu holatlarning salbiy oqibatlari namoyon boʼlmoqda. Xususan, Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi roʼyxatiga kiruvchi davlatlardan 17 tasida 2023 yil boshidan qizamiqqa chalinish koʼrsatkichlari oʼsa boshlagan. Jumladan, fevralь oyi soʼngiga kelib, 900 ta shunday holat roʼyxatga olingan va bu 2022 yildagiga nisbatan sezilarli darajada yuqori. Oʼtgan yili qizamiqqa chalingan eng koʼp bemorlar Tojikiston (610 nafar), Turkiya (466 nafar) va Rossiya (414 nafar)da qayd etildi. Аvstriya, Serbiya, Buyuk Britaniyada esa joriy yil boshidan kasallanishlar soni koʼpaymoqda. Shundan kelib chiqqan holda, JSST koʼmagida aprelь oyi oxirida dunyo boʼylab jahon immunizatsiya haftaligi oʼtkazilmoqda. Eslatib oʼtamiz, hozir yurtimizda ham bu tadbir keng qamrovda davom ettirilyapti. Yaʼni joylarda oldini olish mumkin boʼlgan 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi immunizatsiya tadbirlari milliy emlash kalendariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

  • 27 Aprel, 11:42
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech