Yangiliklar

not found

Eurasian Pharma Awards: Yevrosiyoning eng yaxshi farmatsevtika kompaniyalari Samarqandda taqdirlanadi

26-28 sentyabr kunlari Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti boʼlib oʼtadi. Mukofot laureatlari IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti doirasida taqdirlanadilar. «Global Pharmaceutical Leaders» klubi farmatsevtika sohasi yetakchilari oʼrtasida ketma-ket toʼrtinchi yil ushbu tanlovni oʼtkazmoqda. «Eurasian Pharma Awards» nima? Eurasian Pharma Awards — Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika sanoatining yetakchi kompaniyalari va mutaxassislarini birlashtiradigan yorqin tadbirdir. Tanlov sohaning xilma-xilligi va innovatsiyalarini aks ettiruvchi 16 yoʼnalishdagi nominatsiyalar «Yil kompaniyasi (mahalliy va xalqaro)», «Yil distribyutori», «Yilning eng yaxshi dorixonalar tarmogʼi», «Yil eksportchisi», «Yil innovatsiyasi», «Yilning raqamli loyihasi» va boshqalar boʼyicha oʼtkaziladi. Bu sizning ilgʼor tajribalar, yutuqlar va farmatsevtika rivojiga qoʼshgan hissalaringizni namoyish qilish imkoniyatidir. Аrizalar 18 avgust kuniga qadar mukofot veb-saytida qabul qilinadi. Gʼoliblar 31 avgustga qadar Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa farmatsevtika bozorlari ekspertlaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, uch kun davomida yuzdan ortiq maʼruzachilar Oʼrta Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada sanoatni rivojlantirish tendentsiyalarini muhokama qiladilar. Tanlovda qanday qilib ishtirok etish mumkin? Tanlovda qatnashish bu innovatsiyalar va yutuqlaringizni jahon hamjamiyati bilan baham koʼrish imkoniyatidir. Аrizalar 18 avgustga qadar qabul qilinadi va gʼoliblar 26 sentyabr kuni boʼlib oʼtadigan Yevrosiyo farmatsevtika sammiti tantanali marosimida eʼlon qilinadi. Аrizalar veb-sayt orqali qabul qilinadi. Yevrosiyo farmatsevtika sammiti haqida batafsil maʼlumot veb-saytda.

  • 16 Avgust, 08:56
  • Batafsil
not found

Novo Nordiskning semirishga qarshi dori savdosi 1 milliard dollardan oshdi

Taʼminotdagi qiyinchiliklarga qaramay, Wegovy yana savdo rekordlarini yangiladi. Umuman olganda, Novo Nordisk 2023 yilning ikkinchi choragida "faxrlansa arziydi", dedi kompaniyaning Shimoliy Аmerika boʼlimi rahbari Dug Langa. Birinchidan, Novo savdosi 30 foizga oshib, taxminan 15,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu "soʼnggi 20 yil ichida biz koʼrgan eng yuqori choraklik oʼsish", dedi Langa. Ushbu natijaga birinchi navbatda, GLP-1 toifasidagi dorilar, jumladan, Ozempic va Rybelsus nomli diabetga qarshi dorilar, shuningdek, kompaniyaning yangi ortiqcha vaznga qarshi Wegovy preparatiga boʼlgan talablar sababchi boʼldi. Qandli diabet va semirib ketishga qarshi dori-darmonlar savdosi uch oy davomida 37 foizga oshib, 14,6 milliard dollarga yetdi, GLP-1 diabetdan tushgan daromad esa 50 foizga oshdi, deyiladi kompaniya press-relizida. Shu bilan birga, semirishni davolash 157 foizga oʼsib, 18,1 milliard daniya kronasini tashkil etdi, shu jumladan Wegovyʼdan — 1,1 milliard dollar. Bu Wegovy chorakda birinchi marta blokbaster chegarasini bosib oʼtganini anglatadi. Dug Langaning soʼzlariga koʼra, preparatga boʼlgan talab "aql bovar qilmaydigan" darajaga yetdi. Kompaniya taʼminotni koʼpaytirish va dorining barcha besh dozasini ishlab chiqarishda davom etmoqda, deya qoʼshimcha qildi Langa. "Biroq, bizning taʼminot zanjirimizda hali ham jiddiy bosim mavjud", dedi u. Kompaniya sotishning oʼsishi kutilgan 24-30%dan 27% dan 33% gacha yetishini prognoz qilmoqda.

  • 15 Avgust, 15:21
  • Batafsil
not found

Shamollashga qarshi suvda eruvchan tabletkalar va kukunlar

Qanday hollarda ular samarali? Shamollashga qarshi kukunlar va suvda eruvchan tabletkalarning asosiy qismi shamollash va gripp belgilarini bartaraf qilishga qaratilgan: • burun oqishi, aksirish va burun bitishi;• bosh ogʼrigʼi;• mushaklar va boʼgʼimlardagi ogʼriq;• harorat koʼtarilishi;• titroq. Bunday dorilar kasallikning qoʼzgʼatuvchisi — viruslarga taʼsir qilmaydi, balki tananing kasallikga boʼlgan umumiy qarshiligini oshiradi va umumiy ahvolni yaxshilaydi. Ular viruslarga qarshi vositalarga yaxshi qoʼshimcha boʼlib xizmat qiladi. Qachon kukunlar va eruvchan tabletkalarni qabul qilmaslik kerak? Qarshi koʼrsatmalar dorining faol va yordamchi moddalari roʼyxatiga qarab belgilanadi. Bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga boʼlgan oʼta yuqori sezuvchanlikdan tashqari, quyidagi holatlarda shamollashga qarshi kukunlar va eruvchan tabletkalarni qoʼllash tavsiya etilmaydi: • oshqozon-ichak traktining eroziv - yarali kasalliklari;• qon ketish tendentsiyasi va qon ivishining buzilishi;• jigar va buyraklarning oʼtkir hamda surunkali kasalliklari;• spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilish;• qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi;• kalьtsiyning yuqori miqdori;• homiladorlik va laktatsiya;• yosh bolalar (yosh chegarasi turli boʼlishi mumkin) va boshqalar. Kofeinli preparatlar tetiklantiruvchi taʼsiri tufayli yotishdan oldin qabul qilmagan maʼqul. Tomirlarni toraytiruvchi komponenti boʼlgan vositalar gipertonik va glaukoma bilan ogʼrigan bemorlar uchun toʼgʼri kelmaydi.

  • 15 Avgust, 12:34
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech